Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston sportida tarixiy voqea kuzatiladi
Afg‘onistonlik tog‘ chang‘ichilari Said Alishoh Farfang va Sayad Husainiy Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlarining gigant slalom bahslarida ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu haqda insidethegames.biz internet-nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, bu ikki sportchi qishki Olimpiada o‘yinlarida o‘z mamlakati sharafini himoya qiladigan dastlabki sportchilar sifatida tarixga kiradi.
«Biz mamlakatimizni yangicha tarafdan ko‘z-ko‘z qilishni istaymiz. Butun dunyoga Afg‘oniston – bu faqat urush degani, emasligini isbotlamoqchimiz», – deya Husainiydan iqtibos keltiradi insidethegames.biz.
Bungacha Afg‘oniston vakillari 13 marotaba yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishgan. Mamlakat sportchilari hisobida shu kungacha barcha olimpiadalarda qo‘lga kiritilgan ikkita bronza medali mavjud va ularning ikkalasini ham ular taekvondo sporti turi orqali qo‘lga kiritishgan.
Mavzuga oid
19:50 / 24.07.2024
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari mezbonlari tasdiqlandi
19:29 / 20.02.2022
Parvozlar, qulashlar va g‘alaba onlari. Olimpiadaning eng yorqin suratlari
22:16 / 04.02.2022
Lojadagi yolg‘iz Putin, ko‘zidan yosh chiqib ketgan askar va uch ming artist tomoshasi. Kun suratlari
11:59 / 31.01.2022