Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda o‘zbekistonliklar bilan yo‘l transport hodisasi yuz berdi
4 noyabrda Sankt-Peterburgda o‘zbekistonliklar ketayotgan Mercedes mikroavtobusi bilan jiddiy yo‘l transport hodisasi yuz berdi.
Ijtimoiy tarmoqlardan biridagi “DTP i ChP. Sankt-Peterburg” guruhi foydalanuvchilarining ma'lum qilishlaricha, shaharning chorrahalaridan birida Mercedes va BMW yengil mashinasi to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida 6 kishi jarohat olgan, ularning barchasi o‘zbekistonliklar, deb ma'lum qilgan “Peterburg” teleradiokompaniyasi.
Voqea joyiga tez yordam va jonlantirish mashinalari kelgan. Barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar.
Voqea guvohlarining ta'kidlashlaricha, BMW X6 krossoverini boshqarayotgan ayol haydovchi mikroavtobusni yashil chiroqda o‘tkazishni istamay, uning yon tomoniga urilib, uni to‘ntarib yuborgan.
“BMW svetoforning qizil chirog‘ida katta tezlikda harakat qilgan”, deb yozgan guvohlardan biri ijtimoiy tarmoqda.
Mavzuga oid
15:08 / 24.03.2025
Rossiyaning madaniy poytaxti – Sankt-Peterburg bo‘ylab fotosayohat
11:10 / 18.03.2025
Guliston IIB TB talabi bilan Sankt-Peterburgda hibsga olingan o‘zbekistonlik ayolni Rossiya prokuraturasi qo‘yib yubordi
13:14 / 05.03.2025
Sankt-Peterburgdagi “kichik Samarqand” yoxud Buxoro amiri qurdirgan masjid haqida bilasizmi?
08:04 / 03.03.2025