Sport | 09:45 / 06.11.2017
19927
2 daqiqa o‘qiladi

Mojaroli derbida mehmonlar yirik g‘alabaga erishdi

Fransiya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Sent-Eten» «Lion»ni qabul qildi. Mamlakatdagi eng mashhur derbi — Ron derbisida bu safar mehmonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvda derbiga xos ravishda boshlandi va o‘yin boshidayoq maydondagi muxlislarning mushakbozligi tufayli ma'lum muddat to‘xtab qoldi. Keyinroq davom ettirilgan o‘yinda esa mehmonlarning benefisi kuzatildi. Nabil Fekirning dubli, Memfis Depay, Mariano va Bertran Traore tomonidan kiritilgan gollar mehmonlarga jamoa uchun o‘ta prinsipial uchrashuvda g‘alaba keltirdi.

Qayd etib o‘tish joiz, Fekir ikkinchi golidan keyin uni nishonlash maqsadida «Sent-Eten» muxlislari joylashgan tribunaga bordi va futbolkasini yechgan holda ularga o‘zining raqami va familiyasi tushirilgan qismini muxlislarga ko‘z-ko‘z qilmoqchi bo‘ldi. Aynan o‘sha vaziyatda jahl otiga mingan mezbon jamoa muxlislari stadionga tushib ketishdi va o‘yin bir muddat to‘xtab qoldi. Olomon tarqatib yuborilgachgina, o‘yin davom ettirildi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Lion» hisobidagi ochkolar soni 25taga yetdi va jamoa 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Sent-Eten» esa 18 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi.

Fransiya chempionati, 12-tur

Sent-Eten – Lion 0:5 (0:2)
Gollar: Depay (10), Fekir (25, 84), Dias (58), Traore (65).
Sent-Eten: Ryuffe, Per-Gabriel (Yanko, 67), Teofil-Katrin, Lakrua, Mbenge (Pogba, 46), Maiga, Pajo, Selnes, Amuma (Toft-Soderlund, 13), Bamba, Monne-Pake.
Lion: Antoni Lopesh, Tete, Marselo, Morel, Marsal (Mendi, 79), Tuzar (Ndombele, 79), Auar, Traore, Fekir (Ferri, 86), Depay, Dias.
Ogohlantirishlar: Tuzar (53), Selnes (60), Fekir (85).
Chetlatish: Lakrua (47, Sent-Eten).

Mavzuga oid