Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj: Toshkentda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi
Bugun, 7 noyabr kuni “O‘zekspomarkaz”da “Made in Uzbekistan” O‘zbekiston iqtisodiyotining yutuqlari ko‘rgazmasiga start berildi. Tadbir “O‘zekspomarkaz” MKK tomonidan tegishli vazirliklar va qo‘mitalar qo‘llab-quvvatlovi bilan tashkil etildi. Quyida Kun.uz muxbirining maxsus fotoreportajini tomosha qilishingiz mumkin.
Ko‘rgazmani o‘tkazishdan maqsad – milliy mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, sifatli hamda import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va oshirish kabilardir.
Ko‘rgazma bo‘limlarga ajratilgan bo‘lib, ularda 220 dan ortiq mahalliy korxona vakillari 10 mingdan ziyod turdagi tayyor tovarlar va boshqa mahsulotlarni namoyish etmoqda. Ular orasida avtomobil sanoati, yengil sanoat, energetika, elektrotexnika, qurilish, kimyo, tog‘-metallurgiya, charm, farmatsevtika, oziq-ovqat, moliyaviy muassasalar, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari, xalq iste'moli tovarlari, mebel sanoati, ta'lim va boshqalar yo‘nalishdagi mahsulotlar bor.
Ko‘rgazma 7, 8, 9 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
























Mavzuga oid
19:07 / 21.12.2023
O‘zekspomarkazda Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
17:36 / 23.10.2023
“UzCharmExpoEurAsia-2023”da 112 mln dollarlik eksport shartnomalari imzolandi
20:08 / 30.11.2022
O‘zekspomarkazda “Ipak yo‘lida turizm” yarmarkasi o‘z ishini boshladi
12:00 / 08.05.2022