Jahon | 10:25 / 08.11.2017
13751
2 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp KXDRni AQShning «sabrini sinamaslik»ka chaqirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyani «AQShning imkoniyatlarini past baholamaslik va davlatning sabrini sinamaslik»ka chaqirdi. U Vashington o‘zini va ittifoqchilarini Pxenyanning yadroviy tahdididan himoya qila olishiga va'da berdi.

«Bugun men nafaqat bizning davlatlarimiz (AQSh va Janubiy Koreya. — tahr), butun sivilizatsiya nomidan Shimolga qarata yuzlanaman: bizning imkoniyatlarimizni past baholamang, bizni sinamang. Biz o‘z xavfsizligimizni, farovonligimiz va ozodligimizni himoya qila olamiz», — degan u.

Seulda Janubiy Koreya parlamentariylari qarshisidagi chiqishi chog‘ida amerikaliklar prezidenti AQShni «qo‘rqitib bo‘lmasligi» haqida gapirgan. Janob Tramp barcha mamlakatlarni KXDRga izolyatsiyani kuchaytirishga chaqirgan.

«Dunyo yadroviy vayrongarchiliklar bilan tahdid qiladigan rejimga jim qarab turmasligi kerak»,— deya uning so‘zlarini keltirgan Reuters agentligi.

Koreya yarim orolida Shimoliy Koreyaliklar tomonidan keltirib chiqarilgan taranglik fonida Oq uy rahbari dunyoning yetakchi davlatlarini KXDRdan keladigan xavfni yo‘q qilish borasida hamkorlik so‘ramoqda. Tokiodagi muzokaralar shuni ko‘rsatdiki, AQShning diplomatik harakatlari Pxenyanga bosimni kuchaytirib, hatto kuch ishlatishni nazarda tutadi.

Mavzuga oid