Fan-texnika | 15:20 / 08.11.2017
26078
2 daqiqa o‘qiladi

Kia Rio krossoverining narxi ma'lum qilindi

Foto: Kia Rio X-Line

Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi Rio X-Line «yo‘ltanlamas» hetchbeki qancha turishini ma'lum qildi. Rossiya avtomobil bozori uchun mo‘ljallangan krossover 774,9 mingdan 1 024 900 rublgacha sotiladi. Bu esa shu nomdagi sedandan 30 ming rublga qimmat turadi, deganidir. Yangi mahsulot savdosida 2 xil motor o‘rnatilgan 8 to‘plamdagi mashinalar sotiladi. Savdoga joriy yil 14 noyabridan start beriladi. 

Yangi avlod «Rio» sedani kabi yo‘ltanlamas hetchbekka 1.4 va 1.6 l hajmdagi «to‘rt» silindrli motorlar o‘rnatiladi. Ular 100 va 123 ot kuchini beradi. Mashinalar olti diapazonli «mexanika» va olti bosqichli avtomat uzatmalar qutisidan iborat. «Rio» X-Line krossoverining old g‘ildiraklari yetakchi ekani aytilmoqda. 

Uning boshlang‘ich to‘plamiga konditsioner, old o‘rindiqlar va rul chambaragi isitgichi, 4 ta dinamikali audiotizim, elektr oyna ko‘targichlar, shinalardagi havo bosimini nazorat qilish tizimi hamda yuqoriga ko‘tarilayotganda yordam berish kabilar bor. 

Boshqa to‘plamlarida orqani ko‘rish kamerasi, navigatsiya tizimi, Android Auto va Apple Car Play audiotizimi, kalitsiz foydalanish, old oynani isitish tizimi kabilar bo‘ladi. 

Kompaniya o‘z mahsulotiga Lada XRay va Renault Sandero Stepway krossoverlari raqobat qilishini aytmoqda. 

Foto: Kia Rio X-Line 
Foto: Kia Rio X-Line 
Foto: Kia Rio X-Line 
Foto: Kia Rio X-Line 
Foto: Kia Rio X-Line 

 

Mavzuga oid