Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Made in Uzbekistan”: Xorijni lol qoldirgan xalq tabobatiga sayohat (foto)
7 noyabr kuni “O‘zekspomarkaz”da “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Yarmarkada mahalliy kompaniyalar yengil sanoat, farmatsevtika, neft-gaz, oziq-ovqat, charm-poyabzal, qurilish, xalq iste'moli mollari, avtomobilsozlik, kimyo sanoati, yo‘l-transport infratuzilmasi, elektrotexnika, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari, agrosanoat, ta'lim va boshqa ko‘plab sohadagi milliy mahsulotlarini namoyish etmoqda.
Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan barcha tashkilotlar, kompaniyalarning stendi o‘ziga yarasha qiziqarli. Biroq meni 2 pavilonda mehmonlar bilan gavjum bo‘lgan original stend e'tiborimni tortdi. Sababi, bu yerda xalq tabobatidan oqilona foydalangan holda inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan tabiiy dori vositalarini ishlab chiqarayotgan mahalliy kompaniya bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldim.


Dr.Mardon group O‘zbekistonning yetakchi farmatsevtik kompaniyasi bo‘lib, u nafaqat yurtimizda, balki qo‘shni mamlakatlarda ham o‘z mavqeiga egadir.
“Made in Uzbekistan” ko‘rgazma mehmonlari Dr.Mardon group stendiga tashrif buyurib, xushbo‘y ta'mli shifobaxsh ichimliklardan ta'tib ko‘rishlari, farmatsevtika sohasidagi so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lishlari, shuningdek, kichik esdalik sovg‘alari bilan uyga qaytishlari mumkin. Keling, yaxshisi ushbu kompaniya bilan yanada yaqinroq tanishib olamiz.
Dr.Mardon Pharmaceutical Company – 2009 yilga ishga tushgan bo‘lib, xalq tabobati yordamida dorivor vositalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Hozirda kompaniya ko‘plab dilerlik tarmoqlariga ega bo‘lib, nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham o‘z mavqeiga egadir. U Qozog‘iston, Rossiya, Hindiston, Eron, BAA kabi mamlakatlar bilan ishlab chiqarish va hamkorlik bo‘yicha aloqalarni mustahkam yo‘lga qo‘ygan.


Dr.Mardon group qoshida maxsus ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etilgan bo‘lib, u yerda keng miqyosdagi tahlillar, amaliyotlar o‘tkaziladi.
“Innovatsion yondashuv, zamonaviy uskunalar, shifobaxsh o‘simliklardan foydalanishning eng samarali usuli, ko‘p yillik tajriba – mahsulotlar sifati va ta'sirining yuqori bo‘lishini ta'minlaydi. Kompaniyaning asosiy maqsadi - iste'molchilarga sof, tabiiy dorivor vositalarni taqdim etishdir. Kompaniya qoshida bir qancha tarmoqlar faoliyat olib boradi. Bu esa o‘z navbatida Dr.Mardon group’ning O‘zbekiston farmatsevtika sohasida tutgan o‘rni qanchalik muhim va ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi”, deya qayd etdi Dr.Mardon group korporatsiyasi xodimi.


Kompaniyaning boshqalardan ustunlik qiluvchi asosiy jihatlari:
• Inson salomatligi va tabiiy chiroyi haqida qayg‘urish
• Dorilar tarkibiy qismining yuqori sifatlarga javob berishi va doimiy nazorat;
• Professionallik va tajriba;
• Ochiqlik va samarali aloqa;
• Hamkorlar bilan uzoq muddatli sermahsul faoliyat.


Xalq tabobatining yorqin namunalari bilan tanishishni istasangiz, “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasiga tashrif buyuring va Dr.Mardon group’ning shifobaxsh mahsulotlariga baho bering.
Ko‘rgazma 9 noyabrgacha davom etadi.
Feruza Avazova tayyorladi
Mavzuga oid
18:32 / 20.05.2025
Xalq tabobati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya kimlarga va qay tartibda beriladi?
19:01 / 23.07.2024
SSV soxta tabiblardan ogohlantirdi
13:09 / 06.01.2023
“Xalqimizni dori bilan boqyapmiz” - Ro‘zimuhammad Xonnazarov tibbiyotdagi ahvol va farmsanoat qudrati haqida
16:01 / 30.09.2022