Jahon | 00:47 / 08.11.2017
8854
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida bir necha o‘nlab kishilarning hisob raqamlari muzlatib qo‘yildi

Foto: © EPA-EFE/YAHYA ARHAB

Saudiya Arabistoni markaziy banki qirollik hududidagi moliyaviy institutlarga  (banklar, kredit tashkilotlari) bir necha o‘nlab kishilarning hisob raqamlarini muzlatib qo‘yishni buyurdi.

Shu maqsadda markaziy bank moliyaviy institutlarga hisob raqamlari muzlatilishi kerak bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini yo‘llagan. Buning biror-bir sababi keltirilmagan.

O‘tgan dam olish kunlari Saudiya Arabistonida 11 shahzoda, 4 nafar amaldagi vazir va bir necha o‘nlab amaldorlar va tadbirkorlar korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kampaniya doirasida hibsga olingan. Ular orasida Saudiya Arabistonining birinchi qiroli Abdulaziz bin Saud Ol Saudning nabirasi Al-volid bin Talal ham bor. Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, shahzoda dunyodagi eng boy odamlardan biri bo‘lib,  Citigroup Inc va Apple Inc kabi kompaniyalar aksiyalari paketiga ega.

Uning Kingdom Holding kompaniyasi aksiyalari hibsga olinganidan keyin 21foizga tushib ketdi.   

Mavzuga oid