Sport | 23:56 / 10.11.2017
8860
1 daqiqa o‘qiladi

"Marsel" Evra bilan shartnomasini bekor qildi

Foto: Sky Sports

"Marsel" jamoa himoyachisi Partis Evra bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qilgan. 

Shartnomani bekor qilish ikki tomonning roziligi bilan amalga oshirilgan. Klubning bu qarorga kelishiga 2 noyabr kuni Yevropa Ligasidagi "Vitoriya Gimaraynsh"ga qarshi kechgan o‘yin oldidan Evraning o‘z jamoasi muxlisining boshiga tepgani sabab bo‘lgan. 

UYeFA ham Evrani 2018 yilning 30 iyuniga qadar yevrokuboklardan chetlashtirdi hamda 36 yoshli futbolchiga 10 ming yevro, "Marsel"ga esa 25 ming yevro jarima belgiladi. 

Mavzuga oid