Jamiyat | 09:10 / 10.11.2017
52166
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev Paxtachi tumanidagi vaziyat haqida gapirdi

Foto: fb.com/Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqida Paxtachi tumanidagi vaziyatga to‘xtalib o‘tdi.

“Bu tumanda oxirgi uch yilda qimmatbaho metallarni noqonuniy ravishda qazish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari yuqoriligicha qolmoqda. 

Shu davrda 12 ta jinoyat, 123 ta huquqbuzarlik sodir etilib, 263 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan. 

Eng achinarlisi, bunday noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan shaxslar o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda – qancha odamni tuproq bosib qolib, halok bo‘lmoqda. 

Bu masalaga jiddiy yondashish vaqti keldi. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur muammoni va bu borada jahon tajribasini o‘rganib chiqib, uni yechish, zarur bo‘lsa, artel tuzish bo‘yicha taklif kiritsin”, - dedi prezident. 

Mavzuga oid