Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh koinotda urush olib borish uchun tayyorlanmoqda
AQSh koinotga yangi harbiy harakatlar olib borish uchun yangi maydon sifatida qaramoqda. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlari vaziri Xezer Uilson Pentagondagi brifingda aytib o‘tdi.
“Biz koinotni harbiy harakatlar olib boriladigan hudud sifatida ko‘rishga o‘tmoqdamiz”, deb aytdi Uilson.
Uilsonning aytishicha, 2018 yilda Pentagon koinot ishlanmalarining “iqtisodiy foydali modernizatsiyasi” uchun xarajatlarni 20 foizga oshirishni rejalashtirmoqda.
“Biz faoliyatimizning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qudratimizni oshirish uchun koinot sohasidagi modernizatsiyani ilgari suramiz”, deb qo‘shimcha qilgan vazir.
Uning eslatishicha, o‘tgan haftada Vashington 100 mln dollar ajratilishi ko‘zda tutilayotgan Space Enterprise Consortium dasturi boshlanishini e'lon qilgan.
“Bu dastur yordamida imkoniyatlarimizni jadal kengaytirish maqsadida koinotda ko‘proq tajriba o‘tkazish va modellashtirish bilan shug‘ullanamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Uilson.
AQSh HHK shtabi boshlig‘i general Devid Goldfinning aytishicha, xalq amerikalik harbiylardan “hujumdan erkinlik va harakatlar erkinligini” ko‘zda tutuvchi koinotdagi ustunlikni kutmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025