Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda boshini 180 gradus orqaga bura oladigan o‘smir topildi
Pokistonning Karachi shahrida boshini 180 gradus orqaga o‘gira oladigan 14 yoshli Muhammad Samir ismli bola yashaydi. Bu haqda Daily Pakistan nashri xabar bermoqda.
O‘smirning aytishicha, uning bu qobiliyati tug‘ma nuqson emas, balki uzoq kechgan mashg‘ulotlar natijasidir. Muhammadning ta'kidlashicha, u 6 yosh bo‘lganda Gollivudda ishlangan dahshat filmlaridan birida boshini orqasiga aylantira oladigan qahramonga ko‘zi tushib, unga o‘xshamoqchi bo‘lib muntazam mashqlar qila boshlagan va bir necha oydan keyin ko‘zlagan maqsadiga erishgan.
Muhammadning onasi unga bu mashqlarni taqiqlashga xarchand urinmasin, u to‘xtashni istamagan. “Vaqti kelib, u bu tangri inoyati ekanligini tushungan”, deb aytmoqda o‘smir.
Muhammad otasi kasalga chalingandan keyin maktabdagi o‘qishini tashlab, oilasiga yordam berish maqsadida Dangerous Boys raqs guruhiga qo‘shilib, o‘zining antiqa qobiliyati bilan pul topmoqda.
Mavzuga oid
12:56 / 25.02.2025
Lahor va Karachida O‘zbekiston savdo vakillari ofisi tashkil etiladi
14:54 / 07.01.2025
Karachida O‘zbekiston Savdo uyi va Madaniy markazi ochildi
19:56 / 30.06.2020
Pokiston Karachidagi hujumda Hindistonni aybladi
17:29 / 22.05.2020