Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT bosh kotibi Shavkat Mirziyoyevning taklifini qo‘llab-quvvatladi
Shanxay Hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan bildirilgan «rasmiy organ maqomiga ega bo‘lmagan Markaziy Osiyo mamlakat rahbarlarining yig‘ilishi o‘tkazilishi» bo‘yicha taklifni qo‘llab-quvvatladi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Rashid Alimov Markaziy Osiyoning yangi tarixi boshlanayotgani haqida shaxsiy fikrini keltirib o‘tgan.
«Davlatlarni ikki ming yillik tarix, yagona o‘tmish va bir-biriga uyg‘un madaniyat birlashtirib turadi. Har bir jamiyat o‘z taqdirini mustaqil belgilashi bilan o‘zaro hamkorlik qilishi mintaqa uchun juda zarur. ShHT doirasida erishilgan har bir natija bevosita Markaziy Osiyo davlatlarning taqdirida o‘chmas iz qoldiradi. Qolaversa, milliy strategik dasturlar mintaqadagi hamkorlik taraqqiyotiga hamohangdir», deydi u.
Bosh kotib joriy yilning 30 noyabr va 1 dekabr kunlarida Sochi shahrida tashkilotga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining yig‘ilishi o‘tkzalishini ma'lum qildi. Unda Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
«Tashkilot doirasida ikkinchi eng katta tadbirni o‘tkazishga tayyorlanmoqdamiz. Aytib o‘tish kerakki, Ostona shahrida o‘tgan davlat rahbarlarining yig‘ilishida Hindiston va Pokistonning ShHT a'zoligiga qabul qilingani e'tirof etilgandi. Endilikda ularning ham faol ishtirokini kutamiz. Shuningdek, Moskva shahrida tashkilotning milliy koordinatorlari yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuning bilan bir yillik bajarilgan ishlar sarhisob qilinadi», deydi Rashid Alimov.
Mavzuga oid
07:57 / 13.09.2022
Rashid Alimov: «O‘zbekiston tashabbuslari mintaqani dengiz va okeanlarga yaqinlashtiradi»
11:16 / 08.09.2022
Rashid Alimov: «ShHT harbiy-siyosiy ittifoq emas»
17:09 / 11.11.2019
ShHT sobiq bosh kotibi: «Rossiya va Xitoy - parvozga shaylanayotgan Markaziy Osiyoning qanotlari»
15:32 / 07.09.2017