Jahon | 02:20 / 13.11.2017
6215
2 daqiqa o‘qiladi

AQShdan Xalqaro koinot stansiyasi tomon Antares raketasi uchirildi

Foto: EPA

12 noyabrda AQShdagi kosmodromdan Cygnus kemasiga ega Antares raketasi uchirildi. Yuk kemasi Xalqaro koinot stansiyasiga yuk yetkazib beradi.

Raketa Toshkent vaqti bilan soat 17:20da Virginiya shtatidagi Vallops orolida joylashgan kosmodromdan uchirildi.

Cygnus XKSga 3,3 tonnadan ko‘proq yuk, jumladan, oziq-ovqat, kiyim-kechak va ilmiy qurilmalarni yetkazib beradi.

Yuk kemasining XKSga tutashishi 14 noyabr ertalabga belgilangan. Yuk kemasi 4 dekabrgacha XKSdagi “Yuniti” moduliga tutashgan holda qoladi. So‘ngra qurilma orbitadan chiqindilarni olib, Yerga qaytish vaqtida atmosferada yonib ketish oldidan bir nechta kubsatlarni (kichik hajmdagi, kub ko‘rinishidagi sun'iy yo‘ldoshchalar) orbitaga uchiradi.

NASA bilan shartnomaga ko‘ra Cygnus kemasi XKSga 8-marotaba yuborildi.

Parvoz dastlab 11 noyabrda o‘tishi kerak edi, biroq u startga bir daqiqa qolganda bekor qilingan. Bunga esa start maydonchasi hududida samolyotning paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. Samolyot sohildan 10 km uzoqlikda 150 metr balandlikda uchib o‘tgan.

Mavzuga oid