Fan-texnika | 16:10 / 13.11.2017
12909
1 daqiqa o‘qiladi
Uber inqilobga juda yaqin - uchar taksi videosi e'lon qilindi
Uber uchar taksining video-taqdimotini namoyish etdi, uni ishga tushirish 2020 yilga mo‘ljallangan. Servisdan birinchi bo‘lib Los-Anjyeles hamda Dallas aholisi foydalanishi mumkin. Kompaniya NASA bilan havo qatnovlarini nazorat qilishning yangi tizimini yaratish bo‘yicha kelishuv ham imzoladi.
Avvalroq Uber hamda NASA butun dunyo bo‘ylab uchar taksilar tarmog‘ini tashkil etishga kelishib olgani xabar berilgandi. Uber, xuddi hozirda mavjud bo‘lgan taksilarga buyurtma berish xizmati kabi, smartfon yordamida chaqirilishi mumkin bo‘lgan, ham uchuvchiga ega, ham uchuvchisiz uchar qurilmalarni taksi sifatida ishlatishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
19:57 / 28.08.2024
Toshkent dunyoda taksi narxi arzon bo‘lgan shaharlar qatoriga kiritildi
20:27 / 26.08.2024
Uber Niderlandiyada rekord miqdorda - 324 mln dollar jarimaga tortildi
07:46 / 18.08.2024
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar bo‘yicha statistika ochiqlandi
20:45 / 09.08.2024