Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotojamlanma: Indoneziyada kashalotlarning qutqarilishi
Indoneziyaning Achex viloyatidagi Ujong Kareng plyajiga 10 ta kashalot chiqib qoldi. Tabiatni qo‘riqlash departamenti qutqaruv operatsiyasini tashkil etgan. Operatsiyaga mahalliy aholi ham qo‘shilgan. Odamlar kitlarning tanasini namlab va sovitib turish uchun o‘zlari bilan adyollar va sochiqlar olib kela boshlashgan. Kitlarga arqon bog‘lab, ularni patrul katerlari yordamida tortib, suvga tushirishga muvaffaq bo‘lingan.
Biroq hamma kitlarni ham qutqarishning iloji bo‘lmagan: ulardan 4 tasi nobud bo‘lgan.
Mutaxassislar kitlarni plyajga otilishga undagan sababni aniqlashga tushib ketishdi.
Kashalotlar dunyodagi eng katta jonzotlardan biri bo‘lib, tishli kitlardan eng yirigi hisoblanadi. Katta yoshli erkaklarining uzunligi 20 metrga va og‘irligi 50 tonnaga, urg‘ochilarining uzunligi 15 metrga va og‘irligi 20 tonnaga yetadi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025