Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qualcomm raqobatchisining 130 mlrd dollarlik taklifini rad etdi
Amerikaning smartfonlar uchun mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasi raqobatchisi Broadcom Ltd. kompaniyasining 105 mlrd dollarlik taklifini rad etdi. Bundan tashqari, Broadcom raqobatchisining 25 mlrd dollarlik qarzini ham qoplashini bildirdi. Bu haqda Business Insider yozmoqda.
Qualcomm direktorlar kengashi bir ovozdan taklifni rad etishga qaror qildi. Kompaniyaning izoh berishicha, Broadcom «kompaniyaning yetakchilik o‘rnini va uning o‘sish istiqbollarini yetarli baholamagan». Shunga qaramay, ushbu bitim amalga oshganida mikroelektronika sohasidagi eng yirik kelishuv bo‘lishi mumkin edi.
Dunyoda mikrosxemalar ishlab chiqarish bo‘yicha 4-o‘rinda boruvchi Broadcom Qualcomm kompaniyasining har bir aksiyasiga 70 dollardan to‘lashga tayyor ekanini bildirgan edi. Umuman olganda Broadcom taklifini mikrosxemalar bozorida o‘z ulushini ko‘paytirishga urinish, deb baholash mumkin.
Bugungi kunda Qualcomm o‘zining yirik xaridori Apple korporatsiyasi bilan kelishmay qolgani sababli moliyaviy qiyin vaziyatga tushib qolgan. Kompaniyalar birlashganida Intel va Samsung kompaniyalaridan keyingi uchinchi yirik kompaniyaga aylanar edi.
Mavzuga oid
22:02 / 12.10.2024
Intel o‘z tarixidagi eng yirik inqirozga duch keldi. Kompaniya Qualcommʼga sotib yuborilishi mumkin
07:30 / 02.05.2019
Apple Qualcomm kompaniyasiga patent bahsi bo‘yicha 4,7 mlrd dollar jarima to‘laydi
12:39 / 21.12.2018
Apple Germaniyada Qualcomm’ga patent bahsida yutqazdi. Mamlakatda iPhone 7 va 8 sotuvi taqiqlanishi mumkin
08:27 / 11.12.2018