Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada boshlang‘ich maktabda otishma ro‘y berdi: 4 kishi o‘ldirildi
Kaliforniyadagi boshlang‘ich maktablardan birida ro‘y bergan otishma chog‘ida to‘rt kishi o‘ldirilgan, yana to‘rt kishi kasalxonaga jo‘natilgan, deb xabar bermoqda KCRA telekanali mahalliy mulozimlarga asoslanib. Yaralanganlarning uch nafar yosh bolalardir.
RIA Novostining yozishicha, KCRA telekanali mahalliy sherif yordamchisi Fil Jonstonga ko‘ra, o‘t ochgan noma'lum inson politsiya tomonidan yo‘q qilingani haqida xabar tarqatgan.
Voqea seshanba kuni ertalab Texama okrugida ro‘y bergan.
Jonstonga ko‘ra, jinoyatchi o‘z nishonlarini tasodifiy tarzda tanlagan. Uning yonida yarimavtomatik vintovka va ikki to‘pponcha bo‘lgan.
Telekanalning ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya otishma tufayli maktab va uning tevarak atrofidagi binolarni ko‘zdan kechirmoqda. Sherif yordamchisiga ko‘ra, yuzga yaqin huquq-tartibot organlari xodimlari surishtiruv-tergov ishlarini olib borishmoqda.
Mavzuga oid
21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?
18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi
15:15 / 14.02.2025