Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqarada 108 nafar sobiq politsiyachi Gulenga aloqadorlikda gumon qilinmoqda
Turkiya xavfsizlik kuchlari mamlakatning 30 viloyatida politsiyaning 108 nafar sobiq xodimini qo‘lga olish amaliyotini o‘tkazmoqda.Ular Fathulloh Gulen tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda NTV telekanali huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Ularni ushlash orderini Anqara prokuraturasi bergan, ularning 60 nafari qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 15 iyulidan 16 iyulga o‘tar kecha bir guruh harbiy isyonchilar davlat to‘ntarishiga urinishni amalga oshirgan. Asosiy qarama-qarshilik Anqara va Istanbulda sodir bo‘ldi. 240 fuqaro hayotdan ko‘z yumgan, 2 mingdan ortiq odam jarohatlangan, isyon bostirilgan edi. Turkiyada bu voqeadan so‘ng 50 ming kishi ushlandi, 140 mingdan ortiq davlat xizmatchisi vazifasidan chetlatildi yoki ishdan haydaldi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025