Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyadagi toshqinlar 13 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Gretsiyaning Attika viloyatida yomon ob-havo tufayli 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Afinaning AMNA axborot agentligi xabar bermoqda.
Mutaxassislarning baholashicha, qurbonlar soni 20 nafargacha yetishi mumkin.
Yomg‘irlar oqibatida Mandra, Magula, Nea-Peramos, Elefsina va Aspropirgos shaharlari toshqin ostida qoldi. Gretsiyada jala va momaqaldiroqlar hafta boshidan beri kuzatilmoqda va yakshanbagacha davom etadi. Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras 15 noyabrda hukumat a'zolari bilan tabiiy fojia oqibatlarini bartaraf etish va ko‘rilgan ziyonni qoplash masalalarini muhokama qildi.
Boshpanasiz qolganlarga vaqtinchalik boshpanalar tashkil etilgan.
Toshqinlardan eng ko‘p Afinadan 50 km uzoqlikda joylashgan Mandra shahri jabr ko‘rgan. Toshqinlar yuz bergan hududlarda favqulodda vaziyat e'lon qilingan.
Shuningdek, mamlakatda toshqinlar qurbonlari xotiralariga milliy motam e'lon qilindi.
Bosh vazir xalqqa telemurojaatida halok bo‘lganlar oilalariga ta'ziya bildirdi va hukumat tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan barchaga yordam berishiga va'da berdi.
“Bu Gretsiya uchun og‘ir damlardir. Biz ulkan tabiiy ofatni boshdan kechirmoqdamiz. Barcha halok bo‘lganlar oilalariga samimiy hamdardligimni bildiraman”, deb aytgan Tsipras.
Mavzuga oid
16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
15:23 / 01.03.2025
Gretsiyada yirik poyezd avariyasining ikki yilligi munosabati bilan namoyishlar bo‘lib o‘tdi
01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi
15:35 / 27.01.2025