Sport | 22:29 / 17.11.2017
13130
1 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola 10ta nuqtada o‘ynashga qodir futbolchi haqida gapirdi

Foto: ESPN

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola braziliyalik yarimhimoyachi Fernandino haqida gapira turib, uning universalligini alohida qayd etdi.

«Fernandino har doim bizga yordam beradi, u jamoamizning muhim futbolchisidir. U maydondagi 10ta nuqtaning har biridan joy olishi mumkin. O‘tgan mavsumda, u hatto himoyachi bo‘lib o‘ynagan edi. 

Jamoamizda bunday futbolchining borligidan xursandman», — deb Gvardiola so‘zlarini keltirmoqda «Manchester Siti» matbuot xizmati.

32 yoshli Fernandino «Manchester Siti»ga 2013 yilda «Shaxtyor»dan kelgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 16ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid