Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundesliga. Tur o‘yinida g‘olib aniqlanmadi, «Bavariya» ta'qibchilardan o‘zib ketdi
Germaniya chempionatida 12-tur o‘yinlari davom etmoqda.
«Bavariya» o‘z maydonida «Augsburg»ni osonlikcha, 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uni ta'qib qilib kelayotgan jamoalar ochko yo‘qotishdi. Xususan, «RB Leyptsig» safarda «Bayyer» bilan, «Hoffenhaym» esa o‘z maydonida «Ayntraxt» bilan durang o‘ynadi. Dortmundning «Borussiya» klubi kecha «Shtutgart»dan mag‘lubiyatga uchragan edi.
Natijada, «Bavariya» eng yaqin ta'qibchisi «RB Leyptsig»dan 6 ochko o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Germaniya chempionati, 12-tur
18 noyabr
Volfsburg – Frayburg 3:1
Gollar: 1:0 – 3 Gerxardt, 2:0 – 29 Malli, 2:1 – 68 Kapustka, 3:1 – 70 Malli.
Maynts – Kyoln 1:0
Gol: 1:0 – 43, penalti Brosinski.
Chetlatish: Donati (Maynts, 71).
Bayyer – RB Leyptsig 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 13, penalti Verner, 1:1 – 44 Beyli, 1:2 – 54, penalti Forsberg, 2:2 – 74 Folland.
Chetlatish: Xenrixs (Bayyer, 52).
Hoffenhaym-1899 – Ayntraxt F 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 13 Boateng, 1:1 – 90 Ut.
Bavariya – Augsburg 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 31 Vidal, 2:0 – 38 Levandovski, 3:0 – 49 Levandovski.
Mavzuga oid
18:18 / 09.05.2025
Alonso «Bayer»dan ketishini e’lon qildi. U «Real»ga keladi
07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
12:21 / 09.04.2025
«Inter» «Bavariya»ni qarshi hujumlarda jazoladi
03:05 / 06.03.2025