Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu uylanadi
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z mahbubasi Jorjina Rodrigesga 2018 yilning avgustida uylanadi. Bu haqda AS nashri Correio de Manha manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, ushbu juftlik jahon chempionatidan keyin o‘z munosabatlarini qonuniylashtirib olishni rejalashtirgan. Rossiya mundiali 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.
Ronaldu ispaniyalik mahbubasi Portugaliya fuqaroligi olishini istaydi.
Bir yil muqaddam Ronaldu bilan uchrashayotgani ma'lum bo‘lgan Rodriges 12 noyabr kuni futbolchiga qiz tug‘ib berdi, unga Alana Martina deya ism qo‘yishdi. Ayni vaqtda 32 yoshda bo‘lgan futbolchining bungacha 3 farzandi — 7 yoshli kichik Krishtianu va 2017 yil yozida dunyoga kelgan Yeva va Mateo ismli egizaklari bor. Ular ikki surrogat onadan tug‘ilgan.
2015 yilgacha Ronaldu rossiyalik model Irina Sheyk bilan uchrashardi.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024