Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiya Suriyadagi kimyoviy hujum qurbonlariga hurmatsizlik qildi»
Oq uyning ma'lum qilishicha, Rossiya Suriyadagi kimyoviy hujum qurbonlari hayotini qadrlamaydi, shu sababdan BMT Xavfsizlik Kengashida tergovlar bo‘yicha rezolyutsiyani bloklab qo‘ymoqda. Bu haqda AQSh prezidenti ma'muriyatining matbuot kotibi Sara Sanders bayonotida aytiladi.
Avvalroq Rossiya BMT-Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot qo‘shma missiyasining Suriyada kimyoviy hujumlarni tergov qilish bo‘yicha mandati uzaytirilishini bloklab qo‘ygandi.
«Rossiya Suriyada kimyoviy hujumlarni tergov qilish bo‘yicha mandatni uzaytirishga veto qo‘yib, kimyoviy hujumlar qurbonlari hayotini qadrlamasligi yoki bunday qurolning qo‘llanilishiga nisbatan xalqaro qoidalarning normal standartlarini hurmat qilmasligini ko‘rsatib berdi», - deya ta'kidlab o‘tgan Sanders.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh bu missiyani tiklashga harakat qilishda davom etadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025