O‘zbekiston | 22:20 / 18.11.2017
135388
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Singapur instituti talabasi o‘z farzandini hojatxonaga tashlab ketdi 

1998 yilda tug‘ilgan qiz o‘z farzandini dunyoga keltirishi bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan bino hojatxonasiga qarovsiz tashlab ketdi. Bu haqda Kun.uz'ga ishonchli manba xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, asli Xorazm viloyatidan bo‘lgan, ayni paytda Toshkentdagi Singapur menejmentlikni rivojlantirish instituti 1-bosqich talabasi ushbu mudhish ishga qo‘l urgan. Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan manbaning ta'kidlashicha, yosh ona 2017/18 yil o‘quv mavsumida institutga o‘qishga qabul qilingandi. Yangi chaqaloqning sog‘lig‘i yaxshi va uning parvarishi alohida nazoratga olingan.

Toshkent viloyat prokuraturasida ishlaydigan xodim ushbu hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlangani, haqiqatan shunday voqea yuz berganini tasdiqladi. Kun.uz muxbiri ushbu masalaga oydinlik kiritadi.

Mavzuga oid