Hakerlar O‘zbekistondagi bir nechta vazirlik, idora saytlarini buzib kirdi
20 noyabr kuni taxminan soat 17.00 atrofida O‘zbekistondagi bir nechta vazirlik, idora saytlari, jumladan Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, Davlat test markazi veb manzillari hakerlar tomonidan ishdan chiqarildi.
Ma'lum qilinishicha, veb saytlarga hujum Skidie KhaN taxallusidagi, o‘zini bangladeshlik deb tanishtirgan kiber hujumchi tomonidan amalga oshirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi veb saytiga tashrif buyurishda ham qiyinchiliklar paydo bo‘ldi.
Cyber Command0s hakerlar guruhi a'zosi sifatida tan olingan kiber hujumchi bundan avval, Myanma hukumati veb saytini ham ishdan chiqargandi. O‘shanda u «barchasi rohingya uchun», deya izoh qoldirgan.
Mavzuga oid
22:20 / 23.09.2024
AQSh Xitoy va Rossiya texnologiyasi mavjud «aqlli» avtomobillarni taqiqlashni taklif qilmoqda
22:44 / 15.08.2024
Google: eronlik hakerlar AQShdagi saylovlar oldidan kiberhujumlarni kuchaytirdi
20:04 / 12.08.2024
Xitoylik hakerlar Rossiya hukumati saytlariga ommaviy kiberhujum uyushtirdi
19:39 / 11.04.2024