Jahon | 09:38 / 20.11.2017
4183
2 daqiqa o‘qiladi

Chilida saylovlar. Sobiq prezident yana hokimiyatga qaytishi mumkin

Foto: EPA-EFE/Elvis Gonzalez

Chili sobiq prezidenti Sebastyan Pinera davlat rahbari saylovlarida yetakchilik qilmoqda, biroq birinchi tur yakunlari bo‘yicha davlatdagi oliy lavozimni egallash uchun yetarli ovozlarni to‘play olmayapti. Bundan respublika Saylov xizmat saytida e'lon qilingan ovoz berish natijalari haqidagi ma'lumot darak bermoqda. 

Dastlabki yakunlarga ko‘ra, “Chili, olg‘a!” hukmron alyansidan nomzodi ilgari surilgan Pinera uchun saylovchilarning 36,67 foizi ovoz bergan. Hukmron so‘l markaz koalitsiyaga kiruvchi qator partiyalar qo‘llab-quvvatlayotgan senator Alexandro Giler uchun 22,63 foiz ovozlar berilgan. Uchinchi o‘rinni esa “Keng front” so‘l koalitsiyasidan bo‘lgan jurnalist Beatris Sanches 20,39 foiz ovozlar bilan egallab turibdi.

Pinera bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayoni yakunlari bo‘yicha g‘alaba qozonish uchun aksariyat ovozlarni qo‘lga kiritishi lozim edi. Saylovlarning ikkinchi turi 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Chilida yakshanba kuni prezidentlik va parlament saylovlarida ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimi uchun sakkiz nomzod kurash olib bordi.

Mavzuga oid