Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp platina to‘yini nishonlamoqda
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va uning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi, shahzoda Filipp nikoh qurganlarining 70 yilligini, platina to‘yini nishonlamoqda. Ta'kidlanishicha, Britaniya qirollik oilasining hech bir a'zosiga oila rishtasining bu to‘yini nishonlash nasib etmagan.
Bukingem saroyi oktabr oyidayoq mazkur yubiley munosabati bilan hech qanday tantanali marosim tashkil etish rejalashtirilmaganini bildirgan edi. 91 yoshli Yelizaveta va 96 yoshli shahzoda Filipp bu kunni Vindzor qasrida o‘tkazishadi.
Ammo Sky News telekanalining xabar qilishicha, platinali juftlik yaqinlari va Qirollik oilasi a'zolari uchun bayram dasturxoni yozadi.
Merosxo‘r qirolicha Yelizaveta va Gretsiya monarxlar sulolasi a'zosi, leytenant Filip Mauntbatten 1947 yil 20 noyabrda Vestminster abbatligida nikoh rishtasini bog‘lashgan edi. Qirollik juftligining ikki nafari shahzoda Charlz va malika Anna Yelizaveta taxtga o‘tirmasdan avval dunyoga kelgan. Shahzodalar Endryu va Edvard onalari qirolicha bo‘lgandan so‘ng tug‘ilgan.
Mavzuga oid
14:28 / 16.11.2024
Buyuk Britaniyada firibgarlarni aldovchi “neyron buvi” ishga tushirildi
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024