Jahon | 01:10 / 20.11.2017
8858
1 daqiqa o‘qiladi

Robert Mugabe: «Hafta ichidagi voqealar qudratimga ta'sir ko‘rsatmaydi»

Foto: Philimon Bulawayo / REUTERS

Zimbabvening harbiylar tomonidan uy qamog‘iga joylashtirilgan prezidenti Robert Mugabe o‘z xalqiga telemurojaat qilib, hukmron partiyaning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan qurultoyida raislik qilishni rejalashtirayotganini aytib o‘tgan, deb xabar bermoqda Reuters.

Prezidentning ta'kidlashicha, o‘tgan hafta ichida yuz bergan voqealar mamalakat konstitutsiyasiga yoki uning davlat rahbari sifatidagi hukmronligiga tahdid uyg‘ota olmaydi.

«Biz bir birimizni kechirishni va turli ziddiyatlarni birodarlik ruhida hal qilishni o‘rganishimiz kerak», — degan u.

U ko‘plab davlatlarning aholisidan farqli o‘laroq, Zimbabve xalqi ziddiyatlarning tinch yo‘l bilan hal bo‘lishini istashiga ishonchi komil ekanligini ham ta'kidlagan.

Ilgari ommaviy axborot vositalari Mugabe iste'foga chiqishga rozilik bildirgani haqida xabar tarqatgan edi.

Mavzuga oid