Bolalarni tinglang! O‘quvchilar Oliy Majlisda o‘z loyihalari bilan so‘zga chiqishdi
20 noyabrda O‘zbekistonda Jahon bolalar kuni munosabati bilan UNICEF hamda davlat idoralari bilan hamkorlikda qator tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar doirasida Oliy Majlisning quyi palatasida Yosh avlod kengashi a'zolari va senatorlar, vazirlar, turli tashkilot rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, viloyatdan saralab olingan iqtidorli o‘quvchilar o‘z loyihalari bilan taqdimotlar qilishgan. Yoshlar o‘z chiqishlarida hududlarda mavjud bo‘lgan bolalar hayotiga oid muammoli masalalar va ularni hal etish bo‘yicha taklif, g‘oyalarni taqdim etishdi. Shuni alohida qayd etish lozimki, joriy yilda bolalar o‘z loyihalarni erkin, ravon bayon etishdi.
Sasha Graumann, UNICEF'ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari:
"Bolalarning huquqlarini kafolatlash qonuniy yoki ma'naviy mas'uliyatnigina nazarda tutmaydi, u iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy masalalarni hamda davlat tomonidan ajratiladigan moliyaviy mablag‘larni ham o‘z ichiga oladi. Ulg‘ayib borayotgan va kelasi o‘n yil ichida ishchi kuchiga aylanuvchi yoshlariga ega bo‘lgan O‘zbekiston muhim demografik bosqichda turibdi. Agarda munosib sarmoyalar kiritilsa, soni ortib borayotgan yosh aholi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning navbatdagi bosqichiga olib chiqadigan avlod bo‘lib yetishadi".
Kunning ikkinchi qismida bolalar Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz bilan "Bolalar va yoshlar masalalari bo‘yicha ombudsman to‘g‘risida"gi qonun loyihasini muhokama qilishdi. O‘quvchilar ushbu qonun loyihasi qay tartibda bolalar huquqini o‘zida to‘liq mujassam etishi mumkinligi haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.
Mavzuga oid
18:07 / 16.10.2024
Oliy Majlis saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi
17:44 / 20.09.2024
«Haddini bilmaganlarni mehmon deyolmaymiz» – O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi
23:26 / 25.06.2024
2024 yilning 5 oyi davomida yo‘l-transport hodisasi oqibatida 65 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi - Senat
22:58 / 25.06.2024