O‘zbekiston | 22:06 / 22.11.2017
24308
3 daqiqa o‘qiladi

6 yoshli o‘zbekistonlik qizni onasiga qaytarishmayapti​

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Muqaddam Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlarga huquqiy yordam ko‘rsatish MIGRANT.MOBI uzluksiz liniyasiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Feruza Akramovna O‘tkirova murojaat qilgandi. Uning aytishicha, 3 noyabr kuni RF Ichki ishlar vazirligining Moskva oblastining Klin rayoni bo‘limi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha bo‘limi xodimlari 6 yoshli qizi Ruxshonani tortib olishgan va hanuzgacha berishmayapti.

Yurist Botir Shermatovning Kun.uz'ga malum qilishicha, RF Oila kodeksining 77 moddasida ko‘rsatilganidek, homiylik va vasiylik organlari bolani ota-onasidan darhol tortib olish huquqini yuzaga chiqaradigan, bolaning hayoti yoki salomatligiga hech qanday tahdid yuzaga kelmagan.

Klindagi voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan «Soglasiye» ijtimoiy-reabilitatsiya markazida yashab turgan Ruxshonani ma'muriyat onasiga qaytarishni rad etdi. Ularning ta'kidlashicha, qizaloqda musht va qo‘l izlari topilgan, shunday qilib Ruxshona ekspertiza tekshiruvidan o‘tishi so‘raladi.

«Oradan 19 kun o‘tib, musht izi borligini aniqlashgani hamda ekspertiza qilmoqchi ekanligi meni shubhalantiryapti. Qolaversa, bola onasi bilan uzoq muddat birga bo‘lmasligi, uning ruhiy holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin», deydi Botir Shermatov.

Eslatib o‘tamiz, 3 noyabr kuni Feruza O‘tkirova ko‘chaga o‘z ishlari bilan chiqib, qizalog‘ini to‘ng‘ich o‘g‘li (19 yoshli) bilan uyda qoldiradi. O‘g‘lini zudlik bilan ishxonasidan chaqirib qolishadi, u onasining uyali telefoniga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmay, ilojsiz, singlisini uyda qoldirib, ishiga jo‘naydi. Aftidan, aka shoshganidan u uy eshigini qulflashni yodidan chiqaradi yoki Ruxshonaning o‘zi eshikni ocha oladi, lekin qizaloq ko‘chaga chiqadi va uni politsiya bo‘linmasiga olib ketishadi.

Qizning otasini Federatsiya hududidan shu oy deporatatsiya qilishgan, onaizor esa qizini begona yurtda, notanish kimsalar qo‘lidan olaolmayapti.

Mavzuga oid