Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yekaterinburgda o‘zbek migrantlari ishlagan yashirin sex topildi
Rossiyaning Ufa shahridagi supermarketlarda sotuvga qo‘yilgan salatlar o‘zbekistonlik migrantlar tomonidan cho‘yan vannalarda tayyorlangan, deb xabar bermoqda rus OAV.
Yekaterinburg shahri chekkasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan salatlar tayyorlash bo‘yicha yashirin sex aniqlandi.
Aytilishicha, salatlar O‘zbekiston fuqarolari tomonidan eski cho‘yan vannalarda tayyorlangan, so‘ng idishlarga solingan. Keyinchalik ular Sverdlovsk viloyati, Perm va Ufadagi supermarketlarda sotuvga qo‘yilgan.
66.ru portalining yozishicha, ishlab chiqarish jarayoni garajlarda yo‘lga qo‘yilgan. Mahsulotlar esa «Monetka, «Pyaterochka», «OKey», «Karusel», «Perekrestok», «Magnit» va «Megamart» do‘konlar tarmog‘iga yetkazib berilgan.
Ayni damda Yekaterinburg IIB va Rospotrebnadzor xodimlari tegishli tekshiruvlarni olib borishmoqda.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
07:40 / 06.05.2025