Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada vatandoshining o‘g‘lini sotib yuborgan o‘zbekistonlik ayol 5 yilga qamaldi
Moskva shahrining Simonov sudi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayolni besh yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida qaror chiqardi. U o‘z vatandoshining farzandini sotib yuborgan. Bu haqda Moskva prokuraturasi matbuot xizmati xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, Moskvaning Simonov tuman sudi O‘zbekistonning 59 yoshli fuqarosi Sabohat Ortiqovaga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha ayblov qarorini chiqargan. Ayol tanishlarining farzandini sotib yuborgani uchun sudlandi.
Ayblanuvchi Moskva viloyatida o‘zbekistonlik juftlik bilan tanishgan, ular 2016 yilning fevralida O‘zbekistonga jo‘nab ketishlari chog‘ida Ortiqovaga o‘zlarining ikki oylik o‘g‘illarini qoldirib ketishgan. Ortiqova bolaga oyiga 27 ming rubl evaziga qarashga rozi bo‘lgan. Oradan uch oy o‘tib esa ayol bolani sotishga qaror qilgan hamda bu borada boshqa bir tanishiga murojaat qilgan. Shundan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari voqeadan xabar topishdi.
2016 yilning 25 may kuni Ortiqova Lenin shohko‘chasidagi uchrashuv davomida bolani 120 ming rublga sotib yuborgan, shundan so‘ng u politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
00:30 / 27.05.2025
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
16:22 / 20.05.2025