Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vaziri Sirdaryo va Sayxunobod tumani aholisi bilan uchrashadi
Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslan Davletov va o‘rinbosari Akbar Toshqulov Sirdaryo viloyatida xalq bilan muloqot qilishda davom etmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, Davletov va Toshqulov ertaga, 24 noyabr kuni soat 14:00 ga qadar Sirdaryo shahrida joylashgan «Malik» musiqa va san'at maktabi binosida shahar, shuningdek, Sirdaryo va Sayxunobod tumani aholisi bilan uchrashadi.
Shundan so‘ng, shu kuni Oqoltin tumanida joylashgan «Oqoltin» musiqa va san'at maktabi binosida soat 16:00 dan to 21:00 qadar shu tuman, Sardoba va Mirzoobod aholisi bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Adliya vaziri va o‘rinbosariga murojaat etishni istagan aholi o‘rnatilgan tartibda ko‘rsatilgan manzil va vaqtda uchrashuvga kelishi mumkin.
Mavzuga oid
08:01 / 19.06.2021
O‘zbekistonda Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqilmoqda
15:20 / 09.06.2021
So‘nggi 15 yilda sug‘oriladigan yerlar aholi jon boshiga 24 foizga kamaygan – Adliya vaziri
21:51 / 25.11.2020
Davlat bog‘chalariga navbatga qo‘yishda imtiyoz beriladigan bolalar toifalari qisqartirilishi mumkin
15:42 / 24.11.2020