Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Aksariyati rozi bo‘ldi» - Saudiya valiahd shahzodasi hibsdagilar bo‘yicha bayonot berdi
Saudiya Arabistonida korrupsiyada ayblangan shahzodalar va milliarderlarning aksariyati o‘z mablag‘larining bir qismini ozodlikka chiqish evaziga berishga rozi bo‘lishdi. Bu haqda valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud The New York Times’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Valiahd shahzodaning jurnalistlarga aytishicha, mamlakatda korrupsiya muammosi juda keskin turgan. 2015 yilda hukumat «eng tepadagi» poraxo‘rlik bo‘yicha kerakli dalillarni qidirib topishga qaror qildi. Yakunda taxminan 200 kishining ismi kiritilgan ro‘yxat paydo bo‘lgan.
«Biz ularga o‘zimizda bo‘lgan barcha hujjatlarni ko‘rsatdik, hamda, ular hujjatlar bilan tanishib chiqqach, 95 foizi vaziyatga sudga qadar yechim topishga rozi bo‘ldi», - deya aytib o‘tdi valiahd shahzoda.
Bu shahzodalar va milliarderlar o‘z mablag‘larining bir qismini yoki tegishli kompaniyalardagi ulushlarini ozodlikka chiqish evaziga berishga rozi bo‘lganliklarini anglatadi. Korrupsiyada ayblanganlarning yana 1 foizi yakunda aybsiz deb topilgan bo‘lsa, 4 foizi buni sudda isbotlash niyatida, deya aytib o‘tdi u.
Muhammad bin Salmon Ol Saudning baholashicha, Saudiya Arabistoni g‘aznasiga hammasi bo‘lib taxminan 100 mlrd. dollar yig‘ishning uddasidan chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Saudiyaning mudofaa tizimini tezkorlik bilan mustahkamlamoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025