Jahon | 21:11 / 24.11.2017
8895
2 daqiqa o‘qiladi

Qashshoqlik bilan kurashuvchi ilk ilova namoyish qilindi

Foto: chinadaily.com.cn

Ilova orqali butun boshli guruhlarni qashshoqlikdan olib chiqishga yo‘naltirilgan muvaffaqiyatli loyihalarning aniq misollari keltirilgan 400dan ortiq maqola va videolarni taqdim etishga ulgurishdi, deb yozadi China Daily.

So‘nggi 30 yilda Xitoydagi qashshoq kishilar soni butun dunyodagi kambag‘allarning umumiy sonidan 70 foizga qisqardi. Mamlakat hukumati 2020 yilga borib qashshoqlikni ildizi bilan yo‘q qilishni maqsad qildi va yangi ilova bunda yordam berishi kerak, deb hisoblaydi.

Ilova aholining qashshoqlik muammosini hal qilishning samarali usullariga oid bilimlar bilan almashishga mo‘ljallangan. Unda aholining muayyan guruhlarini qashshoqlik chizig‘idan olib chiqishga doir muvaffaqiyatli loyihalar keltirilgan aniq misollar o‘rin olgan 400dan ziyod maqola va videolar taqdim etilgan. Bundan tashqari, unda qashshoqlikdan qutulishga erishgan kishilar muvaffaqiyatining ilhom baxsh etuvchi hikoyalari to‘plangan. Ilova ishlab chiquvchilarining fikricha, bu jiddiy hayotiy muammolarni yengib o‘tayotgan odamlarga shashtidan qaytmaslik va harakatdan to‘xtamaslikka yordam beradi.

Aftidan, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi tadqiqotchilari mamlakatning hatto eng nochor kishilarida ham bu qiziq hikoyalarni o‘qish uchun smartfonlari borligiga ishonadigan ko‘rinadi. "Bu tajriba nafaqat mamlakatimizdagi qashshoqlikni mag‘lub qilishga yordam beradi, balki qolgan davlatlarga ham namuna bo‘lib xizmat qiladi", - dedi Qishloq joylarni rivojlantirish instituti direktori Li Gosyan. 

Mavzuga oid