Jahon | 10:12 / 24.11.2017
16768
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya yangi raketalarga qarshi mudofaa tizimini sinovdan o‘tkazdi

Foto: Sergey Bobylev / TASC

Rossiya yangi, modernizatsiya qilingan raketalarga qarshi mudofaa tizimi raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Sinovlar 24 noyabrga o‘tar kechasi Qozog‘istondagi Sari-Shag‘an poligonida o‘tkazilgan.

Rossiya harbiy-koinot kuchlarining havo va raketalar hujumiga qarshi mudofaa birlashmasi qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Andrey Prixodkoning aytishicha, yangi raketa “oldiga qo‘yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajargan va belgilangan vaqtda shartli nishonga tekkan”.  

Ma'lum qilinishicha, yangi majmuaning oldingilaridan asosiy farqi shundaki, u to‘liq avtomatlashtirilgan. Agar avval nishonni avtomatika aniqlab, raketani uchirishga buyruq odam tomondan berilgan bo‘lsa, endi bu jarayonlar avtomatik ravishda bajariladi.  

Boshqa manbaning ta'kidlashicha, ushbu raketalarga qarshi mudofaa tizimi Moskvani havo-koinot hujumi vositalari zarbalaridan himoyalashga mo‘ljallangan hamda raketa hujumidan ogohlantirish tizimlari va koinot hududini nazorat qilish doirasidagi vazifalarni bajaradi.  

Mavzuga oid