Jahon | 15:16 / 25.11.2017
9304
1 daqiqa o‘qiladi

«Hammasi qonuniy bo‘lgan»: Zimbabve oliy sudi bayonot berdi

Foto: AFP

Zimbabve oliy sudi harbiy xizmatchilarning mamlakat sobiq prezidenti Robert Mugabening iste'fosiga olib kelgan xatti-harakatlarini qonuniy deb topdi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, sudya Jorj Chiveshe qurolli kuchlarning Mugabe konstitutsiyaviy funksiyalari «egallab olinishining to‘xtatishga urinishi» bo‘yicha harakatlari «atrofdagilar tomonidan konstitutsiyaviy hamda qonuniy sanalishi» haqida qaror qabul qilgan.

Avvalroq Zimbabve yangi prezidenti Emmerson Mnangagva mamlakatda yangi davlat rahbari saylovlari kelasi yili bo‘lib o‘tishi haqida ma'lum qildi.

Mavzuga oid