Jahon | 18:40 / 26.11.2017
37715
5 daqiqa o‘qiladi

Uyushgan jinoyatchilik darajasi eng xavfli mamlakatlar nomi ma'lum qilindi

Jahon iqtisodiy forumi (JIF) ekspertlari dunyoning 138 mamlakatida uyushgan jinoiy guruhlar ta'sirini baholab, jinoyatchilar eng faol bo‘lgan mamlakatlar nomini ma'lum qilishdi

1. Salvador

Foto: RIA «Novosti»

JIF reytingiga muvofiq, Salvador — dunyoning uyushgan jinoyatchilikdan eng ko‘p jabr ko‘ruvchi mamlakati hisoblanadi: u xavfsizlik darajasi bo‘yicha mavjud 7 balldan 1,5 ballga baholangan. Taqqoslash uchun: reyting tuzuvchilari nuqtai nazariga ko‘ra, Finlyandiya va Norvegiyada uyushgan jinoyatchilik biznesga deyarli ta'sir ko‘rsatmaydi -  6,8 va 6,1 ball. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Salvador eng shafqatsiz mamlakatlar ro‘yxatida yetakchilik qiladi - 100 ming kishiga 108dan ortiq qotillik. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu mamlakat o‘z geografik joylashuvi tufayli giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar uchun "qaynoq nuqta" hisoblanadi - u Shimoliy va Janubiy Amerikaning tutashgan nuqtasida joylashgan. 

2. Gonduras

Foto: AP

"Dunyodagi eng shafqatsiz joylardan biri Gonduras qirg‘oqlari bo‘ylab o‘tadi va chegarasining ikki tomonidan Gvatemala bilan chegaradosh", - deya ta'kidlanadi BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hisobotida. Shunday qilib, 2014 yilda San-Pedro-Suldagi qotilliklar soni 100 ming aholiga 171,2 kishini tashkil qildi. JIF ekspertlari jinoyatchilikning ta'sirini 2,4 ballga baholashgan. 

3. Venesuela

Foto: AP

Karakas — dunyoning eng xavfli shahri. U yerda 100 ming kishiga 130 qotillik to‘g‘ri keladi. Tahlilchilarning ishonch bildirishicha, siyosiy beqarorlik uyushgan jinoyatchilikka keng sharoit yaratib berdi. JIF Venesuela "xavfsizligi"ni mavjud 7 balldan 2,5 ballga baholamoqda. 

4. Meksika

Foto: AP

Meksika 2016 yilda qurolli to‘qnashuvlar ketayotgan davlatlar ro‘yxatidagi halok bo‘lganlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan, biroq mamlakat hududida rasman hech qanday urush yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, hukumat va yirik giyohvand modda tashuvchilari o‘rtasidagi qonli janglarda har yili o‘n minglab kishilar halok bo‘ladi: ekspertlarning baholariga ko‘ra, o‘tgan yili narkourush Meksikada 20 mingdan ziyod kishining hayotiga zomin bo‘lgan. JIF mamlakatni 2,6 ball bilan baholadi.

5. Gvatemala

Foto: Getty Images

JIF tahlilchilari Gvatemaladagi uyushgan jinoyatchilikning mahalliy biznesga ta'sirini 2,7 ballga baholashdi. BMTning qotilliklar bo‘yicha yetakchi o‘nligiga yakun yasovchi mamlakatda mintaqaning ikki yirik guruhi faoliyat yuritadi - "Mara Salvatrucha" va "18-ko‘cha qaroqchilari", ularning ikkisi ham 1996 yilgi fuqarolik urushidan keyin o‘ziga xos vaznga ega bo‘ldi. 

6. Yamayka

Foto: Getty Images

Yamaykaning reytingi - 7dan 2,9 ball. Ekstraditsiyaga qadar mamlakatda dunyoning eng xavfli narkobaronlaridan biri - Kristofer "Dudus" Kouk AQShda yashagan. AQSh davlat departamenti Yamaykani marixuanananing asosiy eksportchisi va Lotin Amerikasi mamlakatlaridan kokain olib kiruvchi muhim tranzit xabi deb hisoblaydi.

7. Kolumbiya

Foto: Reuters

Pablo Eskobarning vatani jahon qora bozoriga kokain yetkazib beruvchi asosiy bozorlardan biri hisoblanadi. Bu mamlakatda noqonuniy ravishda kokain ekilgan yerlarning umumiy maydoni taxminan 100 ming gektarga baholanadi. Kolumbiya hukumati yil boshidan 337 tonna giyohvand moddani musodara qilgan. JIF mamlakatdagi xavfsizlikni 2,9 ballga baholadi. 

8. Chad

Foto: Getty Images


Chadda uyushgan jinoyatchilik "Boko Xaram" guruhi radikalchilari bilan uzviy bog‘liq. Davlat departamenti mamlakatda neft va oltin kontrabandasining katta oqimini qayd etdi. Bundan tashqari, Chad orqali Arabiston yarim oroliga marixuana va kokain olib o‘tiladi. JIF bahosi - 3,1 ball.

9. Peru

Foto: Reuters

Peru jahonning ikkinchi eng yirik eksportchisi hisoblanadi. Butun mamlakat bo‘ylab mahalliy narkosavdogarlarning keng qamrovli tarmoqlari tarqalgan, biroq u yerdagi uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq zo‘ravonlik darajasi nisbatan past. Peru noqonuniy biznes tadqiqotchisi Evan Ellisning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy mafiyaning nisbatan "beozorligi" qora bozorning bir necha oilaviy sulola tomonidan boshqarilishi bilan izohlanadi, ular esa o‘zaro hamkorlik ham qilishi mumkin. JIF mutaxassislari Peru "xavfsizligi"ni 3,2 ballga baholaydi. 

10. Yaman

Foto: Reuters

Yaman 3,3 ball bilan uyushgan jinoyatchilikdan eng ko‘p jabrlangan mamlakatlar o‘nligiga yakun yasaydi. Sabablar - ommaviy qashshoqlik va 2014 yildan beri davom etib kelayotgan hukumat hamda xusiylar o‘rtasidagi qurolli ziddiyat.

Mavzuga oid