Sport | 08:29 / 27.11.2017
13744
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» ochko yo‘qotdi

Ispaniya chempionatining 13-turida «Valensiya» o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qildi. «Mestalya» stadionida kechgan uchrashuv durang natija bilan yakunlandi - 1:1.

Birinchi bo‘lim vaqtida Messi bergan zarbadan keyin Netu to‘pni qo‘lidan chiqarib yuborgan va to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tgandi. Ammo o‘yin hakami Vilyanueva bu golni hisobga olmadi.

O‘yinda hisob Rodrigo tomonidan ochildi, u 60-daqiqada Xose Luis Gayyaning pasini yo‘qqa chiqarmadi. «Barselona» 82-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Lionel Messining pasidan keyin Xordi Alba aniq harakat qildi. Shu tariqa ikki jamoa ham Primeraning joriy mavsumidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

«Barselona» endilikda 35 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda, «Valensiya» 4 ochkolik farq bilan ikkinchi o‘rinda.

Ispaniya chempionati
13-tur
Valensiya – Barselona 1:1
(0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 60 Rodrigo, 1:1 – 82 Alba.
Valensiya – Neto, Montoyya, Garay (Ruben Vezu, 86), Gabriel, Gayya, Soler (Santi Mina, 89), Kondogbia, Parexo, Gonsalu Gedesh, Dzadza, Rodrigo (Pereyra, 82).
Barselona – ter Stegen, Nelson Semedu (Aleish Vidal, 80), Umtiti, Vermalen, Alba, Rakitich (Deulofeu, 68), Buskets, Paulino, Inesta (Denis Suares, 72), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Kondogbia (32), Gabriel (44), Rodrigo (74), Pereyra (89).

Mavzuga oid