Jamiyat | 16:13 / 27.11.2017
40716
2 daqiqa o‘qiladi

Kemeron Di Kaprioning «Titanik»dagi qahramoni o‘limi yakuniy sababini ma'lum qildi

Foto: Paramount Pictures

Rejissyor Jyeyms Kemeron Leonardo Di Kaprioning «Titanik» filmidagi qahramoni o‘limiga yakuniy sababni ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Vanity Fair.

Kartina 1997 yilda chiqarilgan bo‘lib, o‘shandan beri Jyek haqiqatdan ham hayotdan ko‘z yumishi kerak bo‘lgani yoki bo‘lmaganiga doir bahslar davom etib keladi.

Rejissyor bu savolga bir necha marta javob qaytargan, biroq yangi intervyuda ham undan nima uchun Di Kaprioning qahramoni o‘lgani haqida navbatdagi marotaba so‘rashgan. Iddao etilishicha, Rouz (Keyt Uinslet) ustida bo‘lgan eshikda ikki kishiga joy yetarli edi.

«Hamda javob juda oddiy, sababi ssenariyning 147-sahifasida Jyek o‘lishi haqida aytiladi», - deya aytib o‘tdi Kemeron.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «badiiy yechim» shunday bo‘lgan, va agarda Di Kaprioning qahramon omon qolganida, film finali «mantiqsiz» bo‘lgan bo‘lardi. Rejissyorning ta'kidlashicha, Jyek halok bo‘lishi lozim bo‘lgan.

Bundan tashqari, rejissyor 20 yil davom etayotgan munozaralarni «ahmoqona» deb atadi.

Mavzuga oid