Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada 100 dan ko‘proq bug‘u bosib ketildi
Norvegiyada yuk poyezdlari tomondan 4 kun ichida 106 ta shimol bug‘usi bosib ketildi, deb xabar bermoqda NRK.
Bu voqea bug‘ularning migratsiyasi vaqtida sodir bo‘lgan: 41 ta bug‘u 22-24 noyabrda, 65 ta bug‘u 25 noyabrda bosib ketilgan.
Guvohlarning aytishicha, bu “xunrezlik”dan qor bilan qoplangan temir yo‘l izining bir necha kilometri qonga burkangan.
Rejissyor Yon Erling Utsi fojia joyidan suratlar olgan. Uning aytishicha, ba'zi bug‘ular tirik bo‘lgan, biroq ularni otib tashlashga qaror qilingan.
25 noyabrda bosib ketilgan 65 ta bug‘uning egasi bug‘ular migratsiya qilishidan transport kompaniyasini ogohlantirganini, biroq poyezd mashinistiga tegishli ko‘rsatma berilmaganini ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, 2013 yildan 2016 yilgacha davr ichida Norvegiyada 2 mingdan ko‘proq bug‘u urib ketilgan.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
20:44 / 02.05.2025