Jahon | 12:10 / 28.11.2017
5306
1 daqiqa o‘qiladi

Madagaskarda tarqalgan vabodan o‘lganlar soni 200 nafardan oshdi

Foto: Washington Times

Hind okeanida joylashgan orol davlat Madagaskarda tarqalgan vabo 200dan ortiq kishini hayotdan olib ketdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, keyingi 50 yillikdagi eng xavfli vabo tufayli shu yilning 1 avgustidan buyon o‘lganlar soni 202 nafarni tashkil qilmoqda, shuningdek, 2,3 mingdan ortiq kishi vaboga chalingan.

Vabo Madagaskar joylashgan mintaqaga xos kasallik bo‘lib, har yili bu mamlakatda ushbu xastalikka chalinish bilan bog‘liq 400 holat qayd etiladi. 2016 yilda ham mamlakatning ba'zi hududlarida vabo kuchaygandi. Ammo bu safar xastalik mamlakatning yirik shaharlari Antananarivu va Tuamasinda ham kuzatilmoqda. Bundan tashqari, yangi tarqalgan virus 24 soat ichida o‘limga olib keluvchi xavfli ko‘rinishdir. Xastalikni antibiotiklar bilan da'volash mumkin, ammo viruslar tez ko‘paymoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid