«AQShdagi istalgan joyga yetib borishi mumkin». KXDR bayonot berdi
KXDR Hwasong-15 qit'alararo ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Renxap».
Shimoliy Koreyadagilar 28 noyabr kuni sinovdan o‘tkazilgan va Yaponiya qirg‘oqlari yaqiniga qulagan Hwasong-15 raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan deb ma'lum qilishdi, deya ta'kidlaydi RIA «Novosti».
Shuningdek Pxenyanning bayonotida aytilishicha, raketa AQSh hududidagi istalgan joyga yetib borishi mumkin.
KXDR sinovni amalga oshirganidan so‘ng Janubiy Koreya ham o‘zining qanotli raketalarini test rejimida uchirish bilan javob qaytardi. Keyinchalik BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya tomonidan yangi sinov o‘tkazilgani tufayli favqulodda yig‘ilish o‘tkazilishini e'lon qildi.
Mavzuga oid
01:17 / 02.10.2024
Janubiy Koreya KXDRning yer osti bunkerlarini ham yakson etishga qodir eng kuchli raketasini namoyish etdi
09:10 / 24.09.2024
G7 BMTda Kiyevga uzoq masofali raketalarga ruxsat berish masalasini muhokama qiladi
13:25 / 23.09.2024
Eron paradda yangi raketa va dronlarni namoyish qildi
11:10 / 23.09.2024