Jahon | 01:27 / 29.11.2017
5055
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an rohingya musulmonlariga yordam berish kampaniyasini qo‘llab-quvvatladi 

Foto:aa.com.tr

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tvitter ijtimoiy tarmog‘ida ko‘plab mashhur insonlar, jumladan bloger Jyerom Jarr va fransuz aktyori Omar Si tomondan tashabbus bildirilgan, rohingya-musulmonlariga yordam berish kampaniyasini «#LoveArmyforRohingya» (Rohingyani sevuvchi armiya) qo‘llab-quvvatladi.     

Turkiya prezidenti tvitterdagi blogida fransiyalik blogerning Arakan musulmonlariga yordam berish chorloviga javob berdi.

“Qadrdon Jyerom Jarr! Biz muhtojlar qayerda bo‘lmasin, ularga yordamimizni ayamaymiz. #LoveArmyforRohingya’ning sa'y-harakatlarini AFAD, TİKA, Turkiya qizil yarimoy jamiyati kabi gumanitar tashkilotlarimiz hamda Turkish Airlines aviakompaniyasi vositasida qo‘llab-quvvatlaymiz”, deb yozgan Erdo‘g‘an. 

Avvalroq bloger o‘z blogida “Biz sizning har biringizga muhtojmiz! Biz missiyamiz uchun Turkiya prezidentidan yordam so‘raymiz. @RT_ERDOGAN'ı RT va #ErdoganHelpRohingya teglaridan foydalanishingiz mumkin” deb yozgandi.

Erdo‘g‘anning rohingya musulmonlariga yordam kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashga chorlovchi tegi Fransiyadagi, #ErdoganHelpRohingya tegi esa ko‘plab davlatlardagi eng muhokama qilingan mavzuga aylangan.

Myanmaning Arakan shtatida yashovchi rohingyalarga qarshi hujumlar 25 avgustdan jadallashgan va “jangarilarga qarshi kurash” vaji bilan o‘tkazib kelinmoqda. Shu sababli hududdagi gumanitar vaziyat keskin yomonlashgan. Arakandan 613 ming kishi jon saqlash maqsadida Bangladeshga qochgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid