Sport | 00:56 / 30.11.2017
6327
1 daqiqa o‘qiladi

Alfa Romeo 30 yillik tanaffusdan keyin yana “Formula-1”ga qaytmoqda

Foto: Getty Images

Alfa Romeo kompaniyasi Shveytsariyaning Sauber jamoasi bilan birgalikda “Formula-1” poygasida 30 yillik tanaffusdan keyin “qirollik poygalari”ga qaytmoqda. Kompaniya jamoa bilan ko‘p yillik kelishuv imzolab, uning titul homiysiga aylandi. 

Kompaniya 2018 yildan Sauber’ning ham texnik, ham moliyaviy hamkoriga aylanadi. Keyingi mavsumdan Sauber jamoasi Alfa Romeo Sauber F1 Team deb qayta nomlanadi. Jamoaning 2018 yilgi avtomobillariga Italiya kompaniyasi logotiplari tushiriladi.

Sauber’da aytilishicha, keyingi mavsumda jamoa bolidlariga 2018 yil modifikatsiyasidagi Ferrari dvigatellari o‘rnatiladi.

Sauber joriy mavsumda poygani oxirgi o‘rinda yakunlagan. Jamoa hisobida faqatgina 5 ochko bo‘lgan.

Mavzuga oid