Benzinda aralashmalar va suv bo‘lmasligi kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.11.2017 yildagi 931-son qarori bilan Avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilg‘isiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘iga va mazutga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi.
Norma.uz’ning xabar berishicha, hujjatga ko‘ra, faqat aralashmalarsiz toza yonilg‘i xavfsiz hisoblanadi. Bu esa quyidagilarni anglatadi:
• avtomobil benzini metall saqlovchi prisadkalar (marganets, qo‘rg‘oshin, temir) va suv saqlamasligi kerak. Bo‘yoqdan (aviabenzinda ishlatiladigan yashil va qizil rangdan tashqari) va belgilovchi moddalardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi;
• dizel yonilg‘isida metall saqlovchi prisadka qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (antistatikdan tashqari);
• reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘ida yuzaga faol ta'sir ko‘rsatuvchi va boshqa kimyoviy moddalar uning xususiyatlarini yomonlashtiradigan miqdorda bo‘lmasligi darkor.
Yonilg‘ining ekologik va yong‘in xavfsizligi atrof-muhitni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi masalalarini reglamentga soluvchi me'yoriy hujjatlar talablariga rioya qilish orqali ta'minlanadi. Texnik reglamentda yonilg‘ini markirovka qilish, tashish va saqlashga qo‘yiladigan talablar aks ettirilgan.
Yonilg‘ini identifikatsiyalash va xavfsizlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligini aniqlashni quyidagilar o‘tkazishi darkor:
• yonilg‘ini muomalaga chiqaruvchi ishlab chiqaruvchi;
• sertifikatlashtirish organi – yonilg‘ining muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida;
• nazorat organi – mamlakatda muomalada bo‘lgan mahsulotning Texnik reglament talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida.
Qabul qilingan texnik reglamentning talablari davlat mudofaa buyurtmasi bo‘yicha yetkazib beriladigan yoki mamlakat orqali tranzit bilan o‘tkaziladigan yonilg‘iga tatbiq etilmaydi.
Hujjat 24.05.2018 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
11:49
Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilandi
15:25 / 19.11.2024
O‘zbekiston hukumati parlament oldidagi vakolatlarini topshirdi
15:10 / 13.11.2024
Birjaga chiqarilayotgan AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi
17:26 / 06.11.2024