Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda ham O‘zbekiston savdo uyi ochiladi
Chorshanba, 29 noyabr kuni Smolniyda “Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Respublikasi Savdo uyi” loyihasini amalga oshirish masalasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Peterburg shahar ma'muriyati matbuot xizmati xabar bergan.
Shaharda O‘zbekiston Respublikasi Savdo uyini ochish to‘g‘risidagi kelishuvga Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenkoning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi vaqtida erishilgandi.
Savdo uyining asosiy faoliyatiga qishloq xo‘jaligi (yangi, qayta ishlangan va quritilgan), paxta hamda O‘zbekiston kichik biznesining boshqa mahsulotlarini ilgari surish aylanadi.
O‘zbekiston savdo uylari jahonning ko‘plab davlatlarida faoliyat olib bormoqda, faqatgina 2017 yilda dunyoning turli mamlakatlarida 10 ta shunday uy ochildi.
Mavzuga oid
15:08 / 24.03.2025
Rossiyaning madaniy poytaxti – Sankt-Peterburg bo‘ylab fotosayohat
11:10 / 18.03.2025
Guliston IIB TB talabi bilan Sankt-Peterburgda hibsga olingan o‘zbekistonlik ayolni Rossiya prokuraturasi qo‘yib yubordi
13:14 / 05.03.2025
Sankt-Peterburgdagi “kichik Samarqand” yoxud Buxoro amiri qurdirgan masjid haqida bilasizmi?
08:04 / 03.03.2025