Video: «Manchester Siti»ning «aqldan ozgan futbolchisi» cho‘loqlangan holda chopmoqda
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya premer-ligasining 14-turida «Sauthempton» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) o‘yin haqida fikr bildira turib, uchrashuvning so‘nggi soniyalarini yodga oldi.
Rahim Sterling tomonidan kiritilgan goldan so‘ng butun manchesterlik futbolchilar golni katta xursandchilik bilan kutib olishdi. Jumladan jarohat olgan bo‘lishiga qaramay futbolchilarga ko‘makchi sifatida o‘yinni kuzatib borgan Benjamen Mendi ham Sterling bilan golni nishonlashga yugurib ketdi. Bu esa Gvardiolaning e'tiboridan chetda qolmadi.
«Mendi — aqldan ozgan. U ikki oygina oldin, xochsimon paylarini uzib olgan va kamida olti oy umuman futbol o‘ynay olmaydi. Ammo bu kecha u golni nishonlash uchun mendan tez yugurib ketdi», deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi «Manchester Siti» rasmiy sayti.
Mavzuga oid
11:34 / 18.02.2024
«Siti» ochko yo‘qotdi, «Arsenal»da yana 5 ta gol. APLda kun o‘yinlari
11:32 / 14.01.2024
«Siti»da jiddiy yo‘qotish va qiyin g‘alaba, Sanchoda yorqin qaytish. Yevropada kun o‘yinlari
01:08 / 23.12.2023
«Man Siti» - klublar o‘rtasida jahon chempioni
14:02 / 17.12.2023