O‘zbekiston | 20:55 / 01.12.2017
23325
3 daqiqa o‘qiladi

Qanday qilib yangi sanoat zonasi ilk bosqichidayoq barbod qilinmoqda?

Ma'lumki, O‘zbekiston sanoati yuqori sur'atlarda rivojlanmoqda, ayniqsa, ixtisoslashtirilgan sanoat zonalarida. Ularning orasidan Navoiy, Angren va Urgut tan olingan flagmanlar hisoblanadi. 

Shu yilning bahorida mamlakat Prezidenti qarori bilan "Oniks" (sobiq "Mikond") billur zavodi ishlab chiqaruvchi kuchlarining yangi "Olmazor kichik sanoat zonasi"ga aylantirilishi yo‘lga qo‘yildi.

Shunisi e'tiborga loyiqki, hatto oddiy fuqarolar ham yangi islohotlarni qiziqish bilan qabul qilishmoqda va borgan sari o‘z fuqarolik pozitsiyalarini bildirishga harakat qilishmoqda. Bu davlat rahbari tomonidan yaxshi niyatda belgilangan maqsadlarga erishishga to‘sqinlik qiluvchi mansabdor shaxslarning nopok xatti-harakatlari bilan kurashga ham taalluqli. 

Olmazor tumani hokimiyatiga qachonlardir Markaziy Osiyoning eng yirik hisoblangan korxonasidan mol-mulk tashishga doir shikoyatlar kelib tushmoqda. Kuppa-kunduz kuni KAMAZlar bugungi o‘lchamlarga ko‘ra qimmatbaho uskunalar, stanoklar, armaturalar va boshqa jihozlarni olib chiqib ketishmoqda. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiya, gaz va suv quvurlari tizimi ham bundan mustasno emas. 

O‘g‘irlangan materiallar summasi milliard so‘mga yetadi. Keyin esa ularni qayta tiklash uchun yana byudjyetdan pul olishga to‘g‘ri keladi, axir. 

Bularning bariga ishonch hosil qilish uchun jurnalistlar vaziyatga oydinlik kiritishga urinib ko‘rishdi. Qayta tashkil qilingan "Olmazor kichik sanoat zonasi" aksiyadorlik jamiyatini poytaxtning Mirobod tumani hokimining sobiq o‘rinbosari Dilmurod Atayev boshqarib kelayotganini aniqlashning uddasidan chiqildi. Ta'kidlash joizki, u sobiq lavozimida ham hech qanday ijobiy natijalarga erishmagan. 

Muloqotlar davomida ishchilar anonimlikni saqlab qolish sharti bilan, ularni turli texnika va metallolomlarni katta mashinalarga yuklashga majbur qilishayotganini tan olishdi. Shunisi qiziqki, ularning aksariyati o‘z xatti-harakatlarining qonuniyligiga shubha qilishmoqda va oxir-oqibat prokuratura ularni izlab kelishidan xavfsirashmoqda. 

Atayev tomonidan ishdan bo‘shatilgan shaxslardan ma'lumot to‘planib, inventarizatsiya, taxmin qilinganidek, o‘tkazilmaganini bilishga muvaffaq bo‘lindi. Bu axir davlat mulkini to‘siqlarsiz o‘g‘irlash imkonini beradi-ku! Shunday bo‘lganini qanday isbotlash mumkin?

Xodimlarning muayyan qismi o‘z nomiga dog‘ tushirmaslik uchun "Olmazor kichik sanoat zonasi" AJdan o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shagan. 

Shu o‘zboshimchaliklar negizida tartibsizliklarga doir murojaatlarni rad etib kelayotgan tuman hokimiyatining bu ishlarga befarqligi esa diqqatni tortmay qolmaydi. 

Shaxboz Jo‘rayev

Mavzuga oid